<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><lyrics>[V1]
 Gʻamni qoʻying, gʻurbatni qoʻying,
 Yurak toʻla xasratni qoʻying.
 &quot;Xursand yuring&quot;- deydi Xudovand
 Duo qiling, laʼnatni qoʻying!

[V2]
 Gʻamni qoʻying, gʻurbatni qoʻying,
 Yomonlamang, nafratni qoʻying.
 Kemirmasin qalbni
 - yurakni,
 Shodlaning siz, kulfatni qoʻying!

[V3]
 Yomon qalb xoʻp yomonlik yigʻar,
 Tuzalmaydi u chaqsa agar.
 Rabbing aytgan soʻzga quloq sol
 Yaxshi qalbdan yaxshilik chiqar.

[V4]
 Qimni izmidasan qara, boq!
 Yuragingda kim hokim mutloq.
 Xudo boʻlsa qalbing taxtida
 Sevgi boʻlar senda bir qaynoq.

[V5]
 Xursand yursang Xudo shod boʻlar,
 Turmushing ham xoʻp obod boʻlar.
 Marhamatlar cheksiz, payonsiz
 Gʻamu tashvish senga yot boʻlar.

[V6]
 Ulugʻlagin, Unga sano ayt,
 Shaytonga qul boʻlishdan kel, qayt!
 Quchoq ochib Rabbing kutmoqda
 Unga qaytish uchun keldi payt...
 Qayting Sizni Rabbingiz kutar!</lyrics>
<title>Gʻamni qoʻying (anʼanaviy)</title>
<author>Ravshan Xizirov</author>
</song>